Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy olimpiya qo‘mitasida sportdagi muammolar muhokama qilindi
12:16 / 2022-05-26

Milliy olimpiya qo‘mitasida davlatimiz rahbari raisligida sport ta’limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov olib borgan yig‘ilishda ko‘rsatib o‘tilgan barcha masalalarga tanqidiy nazar tashlandi. Sportchilarning professional darajaga o‘tishdagi ko‘rsatkichning pastligi, Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatining oqsayotgani, umumrespublika sport musobaqalari “tuman-viloyat-respublika” zanjiri asosida tashkil etilishi qoniqarsiz ekanligi oqibatida iqtidorli yoshlar olimpiya tizimidan chetda qolayotganligi kabi muammolar, ularning kelib chiqish sabablari bo‘yicha fikr yuritildi.  

Muhokamalar davomida sport maktablari va OZKdagi bitiruvchi o‘quvchilarning samaradorligini oshirishga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bu borada hududlar, terma jamoalar har bir mutasaddi rahbarlar orasida taqsimlab olinishi belgilandi.   

Yaratilayotgan yangi tizim bugungi tezkor davr uchun qanchalik dolzarbligi, bu borada asosiy e’tibor qaysi jabhalarga qaratilishi xususida takliflar aytildi. Buxoro viloyati misolida joriy etiladigan tizimni barcha hududlarda qo‘llash, mutaxassislarning malakasini oshirish muhimligi ta’kidlandi.  

Yakunda topshiriqlardan kelib chiqib, Sportni rivojlantirish vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasining chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA