Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy olimpiya qo‘mitasi ishchi guruhi Tokioga yetib bordi
18:24 / 2021-07-15

Kecha tunda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, tezkor shtab rahbari Sherzod Toshmatov boshchiligidagi ishchi guruh Yaponiyaning Tokio shahriga yo‘l olgan edi. Hozirda vakillarimiz belgilangan manzilga yetib borib, asosiy delegatsiyaning kelishi uchun zarur tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ishchi guruhi a’zolari kunchiqar yurtga yetib borgach, dastavval, Narita aeroportida belgilanganidek koronavirusga qarshi test topshirdi. Manfiy javob chiqqanidan so‘ng ular o‘z ishlarini boshlashdi. 

Ishchi guruh ayni vaqtda Olimpiya shaharchasida "Tokio–2020" tashkiliy qo‘mitasi koordinatori bilan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasining asosiy qismi 19 iyul kuni Yaponiyaga yo‘l oladi va 20 iyul sanasidan Tokioda mashg‘ulot olib borayotgan boks, taekvondo va dzyudo jamoalarimiz bilan Olimpiya shaharchasiga joylashadi.

O‘zA