Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy mahsulotlarimiz Xitoy investitsiya va savdo yarmarkasida
19:06 / 2025-07-14

Gansu muzofoti Lanjou shahrida bo‘lib o‘tgan 31-Xitoy investitsiya va savdo yarmarkasida O‘zbekiston milliy mahsulotlari namoyish etildi.

50 davlat va Xitoyning 28 provinsiyasidan biznes uyushmalari, xalqaro tashkilotlar to‘plangan yarmarkada 4000 dan ziyod korxona, 40 000 ga yaqin vakil ishtirok etdi.

Mamlakatimiz pavilonidan yurtimiz eksport va sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi hunarmandlik, yog‘och o‘ymakorligi, ipak va kulolchilik, gilam, to‘qimachilik mahsulotlari, shuningdek xalq amaliy san’ati namunalari o‘rin olgan.

Mahalliy tashrif buyuruvchilarga respublikamizning eksport va sayyohlik imkoniyati haqida xitoy tilida ma’lumot berilyapti, qadimiy shaharlarimiz madaniyati haqida hikoya qiluvchi video lavhalar namoyish etilyapti.

Ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish hunarmandlarimiz mahsulotini Xitoy bozoriga yanada ko‘proq chiqarish imkonini beradi. E’tiborlisi, juda ko‘p xorijiy tadbirkorlar, ishbilarmonlar O‘zbekiston bilan hamkorlikka jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlash joiz, Xitoyning turli hududlarida mamlakatimizning boy tarixi va madaniyati taqdim etilishi, eksport mahsulotlarimiz namoyish qilinayotgani O‘zbekiston tovarlari Chin bozoriga keng ko‘lamda borishi, mahalliy iste’molchilar ishonchini qozonishiga xizmat qilmoqda.

G.Sattorova, O‘zA