Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy liboslar – qadriyatlarimiz timsoli
13:55 / 2025-08-04

Poytaxtimizda Respublika "Hunarmand" uyushmasi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Milliy liboslar festivali o‘tkazildi.

Aholi orasida milliyligimiz, milliy hunarmandchiligimizga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularga an’analarimizni targ‘ib etish hamda mamlakatimiz turistik salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazma-festivalda 100 ga yaqin o‘zbek milliy urf-odatlari hamda qadriyatlarini targ‘ib etuvchi milliy liboslar namoyish etildi.

Ular orasida quroqdan tikilgan kashtali hamda atlas va pistonchalardan zeb berilgan chopon, ko‘ylak, nimchalar xorijlik mehmonlarning e’tiborini tortdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar milliy liboslarimiz nafaqat moddiy meros, balki milliy iftixorimiz ekani, yoshlarimiz, ayniqsa, qizlarimizda milliy liboslarga bo‘lgan madaniyatni oshirish lozimligini qayd etdi.

Festival davomida kuy-qo‘shiq, raqslar va hunarmandlar tomonidan mahorat darslari ham tashkil etildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA