Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy liboslar – millat ko‘zgusi
15:12 / 2023-05-29

Toshkent viloyatida “Milliy liboslar – millat ko‘zgusi” nomli tadbir o‘tkazildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, hamkor tashkilotlar vakillari, liboslar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.  

[gallery-12093]

Tadbir milliy qadriyatlarni zamon talablari bilan uyg‘un holda milliy liboslarni yaratish va targ‘ib etish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Toshkent davlat agrar universitetida mutaxassislar ishtirokida kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va buguni, mavjud muammo va kamchiliklar bo‘yicha fikr almashildi. Tadbirda ilm-fan, sport, madaniyat, ma’rifat, ijtimoiy sohalarda bir qator yutuqlarga erishgan, jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega viloyat ayollari, iqtidorli qizlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Anjumanda “Zakovat” intellektual o‘yini ham tashkil etilib xotin-qizlarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Shu bilan birga “Yurtimizning lider tadbirkor ayollari” shiori ostida biznes-sayohat tashkil etildi. Unda viloyatdagi eng faol ayol tadbirkorlarning ish tajribalari o‘rganildi.  

A.MUSAEV,  

D.ERNAZAROV,  

O‘zA. (surat)