Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab hokimliklar va Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, o‘zbekona kiyinish madaniyati, milliy libos va an’analarimizni keng targ‘ib etish maqsadida korxona, tashkilot, muassasalar hamda ta’lim maskanlarida Milliy liboslar kuni tashkil etilmoqda.
Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimiz tom ma’noda milliy matolarimizda o‘z ifodasini topib kelayotgani qadrli va ahamiyatli.

Shunga ko‘ra, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti va uning viloyatdagi bo‘linmalari xotin-qizlari ham milliy liboslarni targ‘ib etishda faol ishtirok etmoqda.

Bir guruh rahbar ayollar, faol hamda tashabbuskor xotin-qizlar shu kuni ishga milliy liboslarda kelib, yoshlar bilan kiyinish odobi va madaniyati bo‘yicha suhbatlar o‘tkazmoqda.

Tadbirlarda milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam ekani, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasiniyoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA