Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi
17:25 / 2023-05-19

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi” shiori ostida milliy va zamonaviy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan tadbir xotin-qizlar o‘rtasida o‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarimizni ulug‘lash, yosh avlodni ana shu qadriyatlar asosida tarbiyalash, yoshlar orasida kiyinish madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida o‘tkazilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda ta’kidlanganidek, milliy va zamonaviy liboslar qizlarimizga yarashadi. Qolaversa, bu kabi liboslar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizda milliy qadriyat va milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.  

Milliy an’analar, o‘zbekona qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan ushbu liboslar barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida talaba-qizlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

M.Qosimova,O‘zA