FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi 26-umumta’lim maktabida “Milliy libos – millat ko‘rki” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev, maktab jamoasi, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda milliy libosning ahamiyati, uning milliylik va madaniy qadriyatlar ifodasi sifatidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Milliy kiyimlar har bir millatning o‘ziga xos an’analarini, urf-odatlarini va tarixini aks ettirib, ularni asrash va kelajak avlodlarga yetkazish katta mas’uliyat ekanligi ta’kidlandi.
Shahar hokimi yoshlar bilan muloqot davomida milliy madaniyat va urf-odatlarning ahamiyati haqida so‘z yuritib, milliy liboslarimizni nafaqat bayramlarda, balki kundalik hayotda ham kiyishga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, yosh avlodga o‘z milliy qadriyatlarini, millat qahramonlari, ajdodlarimizni tanish va hurmat qilish muhimligi uqtirildi.
[gallery-21606]
Tadbir davomida milliylikni targ‘ib etuvchi kuy-qo‘shiqlar, madaniy chiqishlar hamda milliy liboslar ko‘rgazmalari aks ettirilgan video roliklar ishtirokchilar e’tiboriga namoyish etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA