Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
10:05 / 2022-10-05

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi rahbarlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kitobxon xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarovalar tashrif buyurdi.  

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, kutubxonaga tashrifning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirish, bu yerdagi sharoit va imkoniyatlar bilan tanishish, hamkorlikda har bir mahalla, oila, korxona va muassasalarga kitob bilan kirib borish, boy madaniy va ilmiy merosimizni turli formatdagi uchrashuvlar, taqdimotlar, tanlovlar, bahs-munozaralar, ovozli o‘qishlar bilan targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. 

Kutubxonaga tashrif ziyo maskanining Kitoblar muzeyidan boshlandi. Muzeyda Milliy kutubxonaning nodir qo‘lyozmalar fondidagi eng qadimiy nashrlar joy olgan. Milliy kutubxona o‘quv zallaridagi kitobxonlarning ko‘pligi, faqat yoshlargina emas, balki katta yoshdagi kitobxonlarning ham zavq bilan mutolaa qilishi diqqatga sazovor. 

Qo‘mita a’zolari kutubxona kitobxonlari orasida ayollar necha foizni tashkil qilishi, bugungi yoshlar qanday adabiyotlarni mutolaa qilaayotgani, qanday adabiyotlarga talab ko‘pligi, qaysi soha vakillari ko‘proq kutubxona xizmatlaridan foydalanishi kabi ko‘plab qiziqarli mavzular bo‘yicha kutubxonachilar bilan suhbatlashdi. 

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi rahbari – Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova oilani mustahkamlash, onalik, otalik va bolalikni asrash, ayollarning huquqlarini ta’minlash, ularning faolligini  oshirishga oid turli tadbirlar tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l-xarita” ishlab chiqish va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar berdi. 

 

N.Usmonova, 
O‘zA