Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy kurashimiz iste’dodli yoshlarni kashf etishda davom etmoqda (video)
10:10 / 2025-06-18

Jizzax viloyatida sportning milliy kurash turi bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” tizimidagi “Bosh prokuror kubogi” ning uchinchi – shahar va tuman bosqichlari musobaqalariga start berildi.

Jumladan, G‘allaorol tumandagi 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan kurash bahslarida ikkinchi, ya’ni mahalla bosqichida o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 130 ga yaqin polvon yigit-qizlar kurash gilamlarida o‘zaro bahs olib borishdi. Jumladan, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh yigitlar 5 ta, xotin-qizlar 4 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Mazkur bahs yakunlariga ko‘ra, o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar musobaqaning to‘rtinchi – viloyat bosqichi bellashuvlarida ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanmalar sohibi bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida yana shuni aytish mumkinki, sportning milliy kurash turi bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Bosh prokuror kubogi” musobaqalari besh bosqichdan iborat bo‘lib, joriy yilning noyabr oyiga qadar davom etishi belgilangan.

G‘allaorol tumani hokimi Jaloliddin Oqboyev musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga diplom va medallarni  tantanali ravishda topshirdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Ll9MCoUYqok?si=8lJJ8RWhBKtBrR_F" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A. Qayumov(video), O‘zA muxbiri