Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy koordinatalar tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
11:05 / 2026-02-17

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi hududida Milliy koordinatalar tizimini joriy etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda: 

Milliy koordinatalar tizimini ishlab chiqish va joriy etish tartibi; 

Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi; 

Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasidan foydalanish tartibi; 

Milliy koordinatalar tizimini rivojlantirish va metrologik ta’minlash tartibi belgilab berilgan. 

Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi to‘g‘risidagi nizom talablari davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa manfaatdor tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritishga mas’ul hisoblanadi. 

Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish ishlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida Kadastr agentligi uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi. 

Uch oy muddatda Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda veb-sahifasi ishlab chiqiladi va 2026-yil 1-sentabrga qadar axborot tizimi to‘liq ishga tushiriladi. 

2030-yil 1-yanvarga qadar foydalanishda bo‘lgan koordinata tizimlari Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. 

2030-yil 1-yanvardan faqat Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan koordinata tizimlaridan foydalaniladi. 

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi va uning parametrlarini o‘rnatish, joriy etish hamda foydalanish, shuningdek, Milliy koordinatalar tizimining ma’lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish, foydalanish, Milliy koordinatalar tizimiga asoslangan yangi koordinatalar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, Milliy koordinatalar tizimini rivojlantirish hamda metrologik ta’minlash tartibini belgilaydi.

O‘zA