“Milliy ittihod”chi Isroiljon Ibrohimjon o‘g‘li faoliyati tarixidan
Asadullo Olimjon o‘g‘li XASANOV tayanch doktorant O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti Toshkent, O‘zbekiston xasanovasadullo7@gmail.com
Annotasiya
Maqolada jadidchilik harakatining faol a’zolaridan biri Isroiljon Ibrohimjon o‘g‘lining shaxsi va faoliyati tarixiy manbalarga suyanilgan holda ilk bor tahlilga tortilgan. Uning jadidchilik harakati va milliy ozodlik kurashlaridagi ishtiroki masalasiga alohida e’tibor berilgan.
Tayanch so‘zlar: “Isroil shoyifurush”, jadidchilik harakati, “Turon” maktabi, qo‘rboshilar, “Milliy ittihod” tashkiloti.