Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy istiqlol namoyandalaridan biri — Salimxon Tillaxonov (+video)
14:55 / 2025-08-23

Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, 1922 yilning sentyabrida o‘zbekistonlik yoshlar Yevropa ilm-fani yutuqlaridan bahramand bo‘lish uchun nemis tuprog‘iga qadam qo‘yganlarida, Германия­нинг barcha ilmiy-o‘quv markazlarida tahsil olayotgan ruslar soni 10 ming, yaponlar 4 ming, usmonli turklar 2 ming, eronliklar va afg‘onlar 500, arablar esa 200 nafar bo‘lganlari holda O‘zbekistondan birgina Abduvahob Murodiy o‘z yo‘li bilan borib, Gyote va Geyne vatanidagi oliy o‘quv yurtlaridan birida tahsil olayotgan edi. Bu raqamlarni ko‘rib, hayratga tushgan turkistonlik taniqli ma’rifatparvar Salimxon Tillaxonov "Chetga ko‘proq o‘quvchilar yuborish kerak" («Turkiston» gazetasi, 1923 yil 11 mart) degan maqolasida jo‘shib yozgan edi.

O‘zbekistonda milliy istiqlol harakati namoyandalaridan biri, pedagog Salimxon Tillaxonov "Milliy ittihod" tashkiloti Sirdaryo viloyati rahbarlaridan bo‘lgan. 

Faoliyatini 1914 -1916 yillarda boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchilikdan boshlagan. Shuningdek, "Turon" truppasida aktyor, Toshkent eski shahar maorif bo‘limi mudiri, O‘rta Osiyo universitetida ham o‘qigan, ham o‘qituvchilik qilgan. 1924 -1929 yillarda Toshkent okrug moliya kursini tashkil etib, unga rahbarlik kilgan. "Moliya fani asoslari" asarini yozgan.  

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni O‘zbekistonda milliy istiqlol harakati namoyandalaridan biri, pedagog Salimxon Tillaxonov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlanadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_m24cARGNkw?si=KjmG0mpMHazti7tg" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA