Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy investitsiya jamg‘armasi faoliyati takomillashtiriladi
13:20 / 2025-09-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasiga tegishli: 

"Uzbekistan Airports" AJ, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB va "Mikrokreditbank" ATBning aksiyalari Jamg‘armaning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga; 

"O‘zbekiston pochtasi" AJning aksiyalari Jamg‘armaning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga; 

"O‘zsanoatqurilishbank" ATBning Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli 30 foiz aksiya ulushi keyinchalik Jamg‘armaga o‘tkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga; 

"O‘zbekgidroenergo" AJning 20 foiz, "O‘zbekinvest" AJning 10 foiz va "Temiryo‘linfratuzilma" AJning 15 foiz aksiya ulushlari qo‘shimcha ravishda Jamg‘armaga o‘tkaziladi. 

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “O‘zsanoatqurilishbank”ATBning Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan 30 foiz aksiyasini; 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zbekinvest”AJning 10 foiz aksiya ulushi; 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga “temiryo‘linfratuzilma” AJning 15 foiz aksiya ulushi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ikki hafta muddatda o‘tkazilishi belgilangan.

O‘zA