FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda shahar hokimligi hamkorligida “Milliy liboslar” va “Kashtalar jilosi” kashtachilik va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-festivali bo‘lib o‘tdi.
Unda mohir hunarmand, kasanachi va san’at ustalari, dizaynerlar, oilaviy tadbirkorlar, mahalladagi faol xotin-qizlar, uy bekalari o‘z qo‘l mehnati mahsuloti bilan qatnashdi.
Festival milliy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash, hududiy hunarmandlar ijodiy ishlarini namoyish qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, hunarmandchilik mahsulotlarining xalqaro ko‘rgazmalardagi ishtiroki va savdosini tashkil etishga ko‘maklashish, shuningdek amaliy san’atga qiziqishi bo‘lgan iste’dodli yoshlarni to‘garaklarga jalb etish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-23929]
Tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda mahoratli dizaynerlar tomonidan milliy kashtachilik, hunarmandchilik va zamonaviylik uyg‘unlashgan yangi liboslar defilesi, qiziqarli konsert dasturlari, amaliy san’at namunalari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Yakunda festivalda mahsulotlari yuqori baholangan ishtirokchilar Mehribon Jumaniyozova birinchi, Albina Sarsengaliyeva ikkinchi, Zerxan Abdimuratova va Ziyoda Sambetova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA