Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy hunarmandchilik an’analari davom etmoqda
06:25 / 2023-04-04

Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida gilamchilik va to‘qimachilik buyumlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tajribali o‘qituvchisi Qanshayim Kemalova va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan oltmishga yaqin turfa gilamlar hamda to‘qimachilik buyumlari namoyish etilmoqda.

[gallery-11265]

Ajdodlardan meros bo‘lgan milliy hunarmandchilik an’analarini davom ettirish, qo‘li gul opa-singillarimizning mehnati va ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod qalbida milliy-madaniy qadriyatlarimizga muhabbat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadlariga yo‘naltirilgan ushbu ko‘rgazma jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA