French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy harbiy tarix bo‘yicha ilmiy yig‘in o‘tkazildi (+video)
19:11 / 2026-01-10

Kishilik sivilizatsiyasining eng qadimiy o‘choqlaridan biri o‘laroq Turon harbiy san’at borasida ham 4000 yillik tajribaga ega.

Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan harbiy merosimiz ko‘lami va sifatini tasdiqlab beruvchi nihoyatda ko‘p arxeologik ashyolar va boy yozma manbalarimiz bor. Eng asosiysi, endilikda ularni o‘rganish, muammolarini aniqlash, olingan yangi ilmiy xulosalarni keng jamoatchilikka taqdim etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan o‘tkazilgan “Yosh olimlarning milliy harbiy tarix bo‘yicha ikkinchi o‘qishlari”dan maqsad ham ushbu o‘ta zarur yo‘nalishda qo‘lga kiritilgan so‘nggi ilmiy natijalarni jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir. 

Yig‘inning yakuniy qismida savol-javoblar va muhokamalar qizg‘in tarzda o‘tdi. Yosh olimlar va mutaxassislarning ma’ruzalar yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari tinglandi.

“Yosh olimlarning milliy harbiy tarix bo‘yicha o‘qishlari” qadim va boy harbiy merosimizni chuqur ilmiy asosda o‘rganish, yangi tadqiqot yo‘nalishlarini kengaytirish, yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, yosh mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashishi uchun muhim ilmiy maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Batafsil:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/aykdPhooVYc" title="Milliy harbiy tarix bo`yicha ilmiy yig`in o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA