Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy gvardiyaga ishga kiritish evaziga 300 dollar olgan firibgarlar ushlandi
13:32 / 2022-03-17

Farg‘onada mansabdor lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali bir nafar fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 300 dollar olgan ikki shaxsning qilmishi fosh bo‘ldi. Sud tomonidan ularga tegishli jazo tayinlandi.

Firibgarlik qilgan B.Isaqov va B.Roziqov hech qayerda ishlamaydi. Nazarimizda bekorchilik ularni shu yo‘lga undagan. Aldov yo‘li bilan daromad topish maqsadida jinoyatga qo‘l urdi.

Gap shundaki, B.Isaqov Farg‘ona shahridan Rishtonga ketayotgan vaqtda Milliy gvardiyaga ishga kirmoqchi bo‘layotgan T.A. bilan tanishib qoladi. Suhbat orasida u o‘zini Farg‘ona shahar IIO FMB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi deb tanishtirgan. Telefon raqamini berib, xizmat bo‘lsa tayyorligini aytgan. Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng T.A.ga telefon qilib, Milliy gvardiyaga ishga qabul bo‘layotganligini ma’lum qilib, uchrashishga kelishadi. 

Ular uchrashgandan so‘ng B.Isaqov tanishi B.Roziqovni ichki ishlar organiga aloqador shaxs sifatida tanishtirgan. Shundan so‘ng uni bir necha bor Milliy gvardiya binosiga olib borgan. Go‘yoki barcha ishlar hal bo‘layotgandek ko‘rsatib, undan tibbiy hujjatlarni to‘g‘rilash va ishga kiritish uchun 2000 dollar so‘raydi. T.A. bunga imkoniyati yo‘qligini aytgach, 600 dollarga rozi bo‘lishadi. Bir necha kundan so‘ng kelishilgan puldan 300 dollarini olishgan, qolganini esa harbiy kiyim kiyganidan so‘ng berasiz, deya chuv tushirishgan. Ammo vaqt o‘tsada, ular turli bahonalar bilan T.A. va uning dadasini aldab, ish hal bo‘layotganligini aytadi. Shundan so‘ng holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. Firibgarlarning nayrangiga chek qo‘yildi.

Mahkamjon Abdubannopov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi

O‘zA