Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni sportga jalb etish va harbiylikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, Namangan shahridagi Yangi O‘zbekiston yoshlar ziyo maskani binosida Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan Yoshlar ishlari boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda viloyat yoshlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Unda Milliy gvardiya tizimidagi ta’lim muassasalari va bo‘linmalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida yoshlarning harbiy xizmatga borish va harbiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirish bo‘yicha savollariga javob berilib, yoshlarning murojaat va takliflari tinglandi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyat bo‘yicha boshqarmasining Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.
Qo‘qon davlat universiteti talabalari, Milliy gvardiyaga biriktirilgan 33-sonli jasorat maktabining vatanparvar guruhi o‘quvchilari qatnashgan tadbirda yoshlarga milliy gvardiyachilar tomonidan qurol- aslahalar bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti, harbiy texnikalar namoyishi, tog‘ tayyorgarligi mashg‘ulotlari, ot sporti va kinologiya sohasi haqida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ayniqsa, tog‘ tayyorgarligi va ot sporti bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan o‘quvchi- yoshlarning harbiy xizmat va sportga qiziqishi yanada oshdi. Bu kabi tadbirlar respublika miqyosida o‘tkazilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/v9WpqHOFH5A" title="Milliy gvardiyada "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA