Milliy gvardiyachi Sanjar Tursunov ham finalda
Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yarim finalning kunduzgi bosqich janglari yakuniga yetdi.
Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yarim finalning kunduzgi bosqich janglari yakuniga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining harbiy sportchisi, terma jamoamiz a’zosi Sanjar Tursunov 91 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz final ostonasida iordaniyalik Hussayn Iashaishga qarshi jang o‘tkazdi va ochkolar hisobiga ko‘ra raqibidan ustun keldi. Endi hamyurtimiz ertaga finalda ringga ko‘tariladi.
Bugun kunduzgi dasturdan o‘rin olgan janglarni ayollar o‘rtasida 69 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Shahnoza Yunusova yakunlab berdi. U xitoylik Xong Gu bilan kechgan jangda raqibiga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi va Osiyo chempionatidan bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston vaqti bilan soat 16:00dan boshlab kechki dasturga start beriladi. Unda yana 5 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi:
Erkaklar:
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ashish (Hindiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Muhammad Mulayes (Suriya)
Ayollar:
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva – Yu-Ting Lin (Xitoy Taypeyi)
-64 kg: Maftuna Melieva – Kaur Baat (Hindiston)