Milliy gvardiya yigitlari xalqaro turnirda sharaf bilan ishtirok etishdi
Milliy gvardiya yigitlari nafaqat yurtimiz xavfsizligi, balki xalqaro maydonda ham yuksak mahorat va jasorat namoyish etmoqda. Belarus poytaxti Minskda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya operativ-jangovar guruhlari o‘rtasida amaliy (taktik) otish bo‘yicha V ochiq turnir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi maxsus vazifalarni bajaruvchi jangovar bo‘linmasi ham ishtirok etib, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Rossiya, Vetnam kabi davlatlarning 21 ta jamoalari o‘rtasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bugun yigitlarimiz xalqaro aeroportda tantanali tarzda munosib kutib olindi.
Mazkur turnirda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan g‘oliblarimizni Milliy gvardiya qo‘mondonligi va barcha shaxsiy tarkibi munosib qutlashdi.
Nigora Rahmonova, O‘zA