English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy gvardiya xodimlarining huquqiy bilimi oshirildi
21:33 / 2024-05-15

FOTOREPORTAJ

Milliy gvardiyaning Urganch shahar qo‘riqlash bo‘limida viloyat sudi va Urganch harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish va qonunchilikdagi yangiliklarni qo‘riqlash xodimlariga yetkazish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Muloqotda viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Shuhrat Razzoqov tomonidan ishtirokchilarga mansab yo‘riqnomasi va unda belgilangan intizomga rioya qilish hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik haqida huquqiy tushuntirishlar berildi. Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga doir jinoyatlarga aniq misollar keltirildi. Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlarining ayrim huquqbuzarliklarga bayonnomalar tuzish va sudga yuborish bo‘yicha berilgan qo‘shimcha vakolatlarini bajarishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. 

Guruh komandiri va safdor xodimlarning sud-huquq tizimiga aloqador savollariga batafsil javob berildi.

[gallery-17426]

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA