Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy gvardiya xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazgan shaxs endi qonun oldida javob beradi
15:32 / 2021-09-16

1998 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan va hali yosh bo‘lishiga qaramasdan muqaddam bir necha marotaba sodir etgan turli jinoyatlari uchun sudlanib, umrining bir qismini allaqachon qamoqda o‘tkazishga ham ulgurgan fuqaro A.Sh.ning bu safargi «qilig‘i» hammasidan o‘tib tushdi.

U joriy yilning 16 iyul kuni tonggi 7:30 larda Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasi 44-uy oldida “A” ismli ayol tanishi bilan janjallashib uning yuziga tarsaki tushiradi. Hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi kichik serjant I.Shodiyev ushbu tortishuvning guvohi bo‘lib, holatni qonuniy hal qilish uchun ularning oldiga boradi.

Fuqarolarning hujjatlarini taqdim etishini hamda o‘zini tanishtirishini talab qilgan harbiy xizmatchiga fuqaro A.Sh. faol qarshilik ko‘rsatadi. Natijada turmush o‘rtog‘i bilan janjallashayotganligini hamda xodimning mazkur holatga aralashmasligini aytadi.

- Tabiiyki, o‘z kasbiga sodiq Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi vaziyat chigallashayotganligini hamda fuqaro A.Sh.ning mast holatda ekanligini ko‘rib, sheriklarini yordamga chaqiradi, - deydi Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi ofitseri, katta leytenant Murodjon Rahmatullayev. 

- Hamkasblari kelguniga qadar, janjalni bir oz bo‘lsada yumshatishga urinadi. Xodimlar yetib kelgandan so‘ng fuqaro A.Sh.ning qarshilik qilishiga qaramay uni xizmat avtomashinasiga mindirishga harakat qilishadi. Biroq ichkilik ta’siridagi fuqaro A.Sh. mashinaga minishni xohlamaydi. Kuch ishlatishga majbur qilgan fuqaro A.Sh.ning qo‘lini qayirishga muvaffaq bo‘lgan xodimlar uni avtomashinaga yuklayotganida, g‘azab o‘tida yonayotgan fuqaro xodimlarning biridan "o‘ch oladi".

Gap shundaki, tipirchilab, qochib ketishga uringan vaqtida bexosdan yerga yiqilib tushgan kichik serjant I.Shodiyevning oyoqlariga qattiq zarba bilan urib, jarohat yetkazadi.

- Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan fuqaro A.Sh. janjalni oldini olish uchun kelgan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi kichik serjant I.Shodiyevga Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga asosan og‘ir tan jarohati yetkazgan deb topildi, -deydi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi Yuridik xizmat bo‘limi boshlig‘i, adliya mayori Zulfiddin Mavlonov. 

- O‘zining yuqoridagi harakatlari bilan xizmat vazifasini bajarayotgan kichik serjant I.Shodiyevning qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-modda 3-qismi “g” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan A.Sh.ga nisbatan mazkur modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joiz, o‘zi sodir etgan qilmishi ayanchli oqibatlar bilan yakunlangan fuqaro A.Sh. endi qonun oldida javob beradi.

Zarif Komilov, O‘zA