Sentyabr oyi yaqinlashdi deguncha barcha ota-onalarda farzandlari uchun maktab formasi va o‘quv anjomlari xarid qilish tashvishi paydo bo‘ladi. Mazkur jarayonda tashkil etilayotgan ko‘chma yarmarkalar davlat xizmatchilari uchun ayni muddao bo‘lmoqda.
Yangi 2025-2026 o‘quv yili oldidan Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan Milliy gvardiyaning Toshkent shahrida joylashgan bo‘linmalari uchun arzonlashtirilgan maktab yarmarkasi tashkil etildi.
— Albatta, mazkur tadbirning eng katta qulayligi gvardiyachilar xizmat burchini bajarayotgan holda vaqtlarini tejab, farzandlari uchun zarur o‘quv anjomlarini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishidir. Shu bilan birga, Qashqar mahallasi aholisi ham yarmarkadan foydalandi,—deydi Milliy gvardiya Markaziy devoni katta ofitseri Muzaffar Mirahmedov.
Yarmarka doirasida maktab formalari, o‘quv anjomlari keng turda va arzonlashtirilgan narxlarda taklif etildi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga alohida e’tibor qaratildi, bu esa tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ichki bozor imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qildi.
Ta’kidlash joizki, gvardiyachilar uchun xizmatdan ajralmagan holda maktab anjomlarini xarid qilish imkoniyati yaratildi. Bunday yondashuv ularning xizmat faoliyatini izchil davom ettirishlari bilan birga, farzandlarining o‘quv yiliga tayyorgarlikda ishtirok etishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ea-yI-s1y6g" title="Milliy gvardiya: Xizmat va oilaga birday g‘amxo‘rlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova, O‘zA