Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy gvardiya Tibbiyot boshqarmasiga reanimatsiya hamda sanitariya avtomashinalarining kalitlari topshirildi
17:41 / 2023-11-24

So‘ngi yillarda Milliy gvardiya tibbiyot xizmati ham rivojlanib sohani takomillashtirishga qo‘shilayotgan har bir hissasi aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya tizimida sanitariya-epidemiologiya xizmati tarkibida bakteriologik laboratoriya tashkil etilib, o‘ndan ortiq zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.  10 nafar shifokor va 62 nafar o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi o‘quv markazlarida, uch nafari xorijiy yetakchi ilmiy-amaliy tibbiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirdi.  

Joriy yilda harbiy xizmatchi, xodimlar va ularning 30 mingdan ortiq oila a’zolari zamonaviy uskunalar orqali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning yetti mingga yaqini shifoxona yoki ambulatoriya sharoitida malakali davolandi, uch yuz nafardan ortig‘i sanatoriy va dam olish uylarida salomatligini mustahkamladi.  

Bu borada, Milliy gvardiya tomonidan Mehribonlik uylari va oila xonadonlarida tarbiyalanayotgan bolalarni zamonaviy uskunalar orqali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani alohida e’tirofga loyiq. Xususan, 2023 yilda olti yuzdan ortiq bolalar malakali shifokorlar  ko‘rigidan o‘tishdi.Toshkent shahri va viloyatidan 400 nafardan ortiq bola Toshkent davlat stomatologiya institutida stomatologik tekshiruvdan o‘tkazildi.  

Milliy gvardiya ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Milliy gvardiya Tibbiyot boshqarmasiga reanimatsiya hamda sanitariya avtomashinalarining kalitlari topshirildi. Tibbiyot xizmatining ikki nafar harbiy xizmatchisiga “kichik serjant” harbiy unvoni berildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari tomonidan olti nafar soha vakillariga III-darajali “Namunali xizmatlari uchun”, ikki nafariga “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” ko‘krak nishonlari topshirildi, uch nafari  qo‘l soati, to‘qqiz nafari esa  faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA