English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy gvardiya qo‘mondoni Samarqanddagi xodimlari faoliyatini o‘rgandi
14:16 / 2026-02-06

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov davlatimiz rahbarining Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan namunaviy amaliyotni yurtimiz bo‘ylab joriy etish yuzasidan belgilab bergan vazifalarining Samarqand viloyatidagi ijrosini o‘rgandi.

Dastlab Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi  shaxsiy tarkibning tayyorgarligi va jangovar shayligi,  shuningdek, zamonaviy qurol-aslaha hamda maxsus vositalardan foydalanish ko‘nikmalari ko‘zdan kechirildi.

Xavfsizlikni ishonchli ta’minlash borasida komandir va boshliqlarning axborotlari tinglanib, bu borada olib borilayotgan o‘quv-taktik mashg‘ulotlarni sun’iy intellekt va robotlashtirish elementlari asosida tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek,  harbiy xizmatchilarning doimiy jangovar shayligini ta’minlash, xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish, shuningdek, ilg‘or jahon tajribalarini amaliyotga joriy etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni B.Tashmatov Ichki ishlar vaziri A.Toshpo‘latov hamda ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Imom Buxoriy majmuasida ziyoratchilar xavfsizligini ta’minlash, ular uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklarni ham o‘rgandi.  

Viloyatning jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan mahallalarida olib borilayotgan ishlar, jumladan, patrullik xizmati faoliyati, videokuzatuv tizimlarining samaradorligi va raqamli texnologiyalarni joriy etish holati bilan ham yaqindan tanishildi. Jamoat tartibini saqlashda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash, xususan, patrullik faoliyatida dronlar va intellektual tahlil tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinib, bu borada mas’ul rahbarlar zimmasiga vazifalar yuklatildi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri