Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari – surxondaryolik yoshlar huzurida
15:47 / 2024-10-07

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik S. Mamayusupovning surxondaryolik yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Termiz tumanidagi “Qorabayir otlari” mahorat maktabida o‘tgan tadbirda qo‘mondon o‘rinbosari o‘z kasbiy faoliyati, Milliy gvardiya tizimida xizmat o‘tash shartlari va ahamiyati haqida so‘zlab berib, har qanday muvaffaqiyat zamirida bilim, intilish hamda qat’iy harakat mujassamligiga alohida urg‘u berdi. Ochiq muloqotda yoshlar Milliy gvardiya tizimida ishlash, ta’lim olish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbirda faol ishtirok etgan va tengdoshlariga namuna bo‘lgan bir guruh yoshlar Milliy gvardiya qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

[gallery-19627]

Tadbir doirasida mohir chavandozlar tomonidan uloq-ko‘pkari, ot ustida kurash kabi musobaqalar uyushtirildi. Shuningdek, yoshlar uchun kamondan otish bo‘yicha  mahorat mashg‘ulotlari tashkil qilindi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV  (surat), O‘zA