Milliy gvardiya Markaziy devonida sayyor qabul o‘tkazildi
Milliy gvardiya Markaziy devonida gvardiyachilar hamda ularning oila a’zolari bilan sayyor qabul tashkil etildi. Tadbir gvardiyachilar va ularning yaqinlarini uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularni tezkor hal etishga qaratildi.
Sayyor qabul davomida turli yo‘nalishlarda murojaatlar tinglandi. Har bir masala mas’ul rahbarlar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ayrim murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar bo‘yicha esa aniq muddatlar va mas’ul ijrochilar belgilab olindi.


Bunday sayyor qabullar gvardiyachilar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
N.Rahmonova,
O‘zA