Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga uy topshirildi
17:40 / 2024-10-04

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari harbiy xizmatchilari uchun ko‘p qavatli zamonaviy turar-joy binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Termiz shahar hokimligi vakillari, nuroniylar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.  

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda harbiy xizmatchilar hamda ularning oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor sezilarli darajada oshgani, bu esa yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida kamarbasta bo‘lgan Vatan himoyachilariga katta rag‘bat bag‘ishlayotgani   alohida ta’kidlandi. 30 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolariga yangi uy kalitlari tantanali topshirilib, Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.  

[gallery-19599]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA