Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy gvardiya: “Eng yaxshi matbuot xizmati” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
17:42 / 2023-12-28

2023 yil 11 iyul kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni joriy yilning 13 oktyabr kunidan kuchga kirdi.

 Milliy gvardiya organlariga ushbu Qonun bilan bir qator vakolatlar va vazifalar belgilab berildi. Ushbu Qonunda belgilangan qoidalarni fuqarolarga tushuntirish va mazmun mohiyatini targ‘ibot qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi matbuot xizmati” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda Respublika miqyosida Milliy gvardiya tizimidagi Axborot xizmatlari harbiy xizmatchilari va xodimlari ishtirok etishdi. 100 dan ortiq telemateriallar tanlov tashkiliy qo‘mitasiga kelib tushdi.

“Eng yaxshi matbuot xizmati” tanlovining 1-o‘riniga sazovor bo‘lgan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi Matbuot xizmati, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasining Qo‘riqlash boshqarmasi Axborot xizmati va 3-o‘ringa loyiq deb topilgan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasining Axborot xizmatlari harbiy xizmatchi va xodimlariga 1,2,3-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi ko‘rsatuv", video (hujjatli) film”, “Eng yaxshi telelavha, reportaj” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topilgan Andijon, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahri qo‘riqlash boshqarmalarining Axborot xizmatlari xodimlari ham munosib ravishda rag‘batlantirildi.

N.Rahmonova, O‘zA