O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimidagi harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar “Biz buyuk sarkardalar avlodimiz”, “Jahon tamadduni va o‘zbek xalqi madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimiz” hamda “Mustaqil vazifa” shartlari bo‘yicha bellashdi. Xususan, ishtirokchilarning yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk sarkardalar, allomalar, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosi, ularning harbiy san’ati, madaniyati, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, ko‘rik-tanlovda Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi 3-o‘rinni, Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi 2-o‘rinni, Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga, “Eng zukko kitobxon”, “Eng ilg‘or kitobxon” hamda “Eng bilimdon kitobxon” nominatsiyalari bo‘yicha ham sovrindorlar munosib rag‘batlantirildi.
Tadbirning badiiy qismida ijro etilgan diltortar kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/qPeKh_sysMI?si=yCVt3zzQY_3QSfoH" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova, O‘zA muxbiri