Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy g‘urur timsoli
12:38 / 2025-09-08

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yurtimizning buyuk sarkardasi, milliy g‘urur va shon-shuhrat timsoli Amir Temurning haykali ochildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Sharqiy harbiy okrug qo‘mondoni, faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda litsey o‘quvchilari ishtirok etdi.

[gallery-25199]

 Marosimda so‘zga chiqqan qo‘mondon Amir Temurning hayoti va faoliyatidan o‘rinli saboqlar olish, uning Vatanga sadoqat, adolat va jasorat tamoyillarini yoshlar qalbida mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.  

Shundan so‘ng qo‘mondon litsey o‘quvchilari bilan samimiy suhbatlashib, ularga o‘z bilim va intilishlari bilan Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilish muqaddas burch ekanini yana bir bor yodga soldi. “Sizlar – ertangi kunning jasur sarkardalari, Vatan himoyachilarisiz. Bugundan boshlab o‘zingizni intizomli, bilimli va ma’naviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingiz garovidir”, deya o‘g‘il-qizlarni ilm va shijoatga undadi.

Tadbir yakunida o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA