Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy filmlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
12:55 / 2023-09-30

Avval xabar qilinganidek, "Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbir ochilishi avvalida an’anaviy qizil yo‘lakdan o‘tish tadbiri ham o‘tkazildi. 

300 nafarga yaqin kino san’ati vakillari safida fransiyalik mashhur aktyor, o‘zbek tomoshabinlariga «Taksi» filmidagi roli bilan tanish bo‘lgan Frederik Difental ishtiroki va konsert dasturida turkiyalik mashhur xonanda Ayla Chelik ijrosini tomoshabinlar katta qiziqish bilan  kutib oldi. 

Ahamiyatlisi,  tadbirda Milliy filmlar tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi va taqdirlandi. 

Unga ko‘ra, «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida «101-reys» filmidagi roli bilan Hoshim Arslonov g‘olib, deb topildi.

«Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasida esa «Ayol qismati» filmidagi obrazi bilan Ra’no Shodiyeva g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, Ali Hamroyev «Samarqandda qovun tarovati» filmi bilan «Eng yaxshi rejissyor» mukofotini qo‘lga kiritdi.

Qamara Kamalovaning «Kim deyay seni» kinokartinasi esa «Eng yaxshi film» deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun kinofestivalning ikkinchi kun tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

O‘zA