O‘zbekiston Respublikasi Konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati institutida 2022-2023-o‘quv yili uchun abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish maqsadida 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, 257 nafar abituriyentdan ariza kelib tushgan.
«Vokal san’ati» yo‘nalishiga – 47, «Cholg‘u ijrochiligi» yo‘nalishiga– 19, «San’atshunoslik» yo‘nalishiga – 5, «Bastakorlik san’ati» yo‘nalishiga – 2, «Estrada orkestri dirijyorligi» yo‘nalishiga – 2, «Estrada xonandaligi» yo‘nalishiga – 107, «Estrada cholg‘ular» yo‘nalishiga – 71 «Texnogen san’ati» yo‘nalishiga - 4 nafar abituriyentlar hujjat topshirgan. Bugun Milliy estrada san’ati institutida ijodiy imtihonlar yakunlandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida institut qabul komissiyasi tomonidan imtihon jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli uzatilib borildi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlardan saralangan abituriyentlar Davlat test markazining test jarayonlariga yo‘naltirildi. Endilikda ular test natijalariga ko‘ra, o‘qishga qabul qilinadilar.
Maftuna Karimova, O‘zA