Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy emlash kalendariga «Odam papilloma virusi (VPCH)«ga qarshi emlash kiritildi
11:45 / 2022-06-18

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 528 ming nafar ayol bachadon bo‘yi saratoni kasalligi bilan kasallanadi.

Achinarlisi, 266 ming nafari mazkur kasallik oqibatida vafot etadi.

O‘zbekistonda esa har yili 1660 nafar ayol bachadon bo‘yni saratoni kasalligiga chalinayotgan bo‘lsa, 608 nafar ayol vafot etmoqda. Bu kasallik profilaktikasi o‘smir yoshdagi 9-14 yoshgacha bo‘lgan qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash hisoblanadi.

Joriy yilning may-iyun oylarida VPCH vaksinasi bilan 9-12-14 yoshdagi qizlar o‘rtasida milliy emlash ishlari olib borilmoqda.

Vaksinalar ma’muriy hududlar davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlariga yetkazib berilishi natijasida 288 ming nafar 9 yosh va 854 ming nafar 12-14 yoshdagi qizlar emlandi.

– Virusologiya ITI, Ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, VPCH vaksinasi bilan emlash jarayoni amaliyotga joriy etilishi natijasida yiliga 1100 nafar ayolning bachadon bo‘yni raki bilan kasallanishi oldi olinadi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Vaksinalar va immunoprofilaktika bo‘limi boshlig‘i Dilorom Tursunova. – Qolaversa, 583 nafar ayolning hayoti saqlab qolinishiga erishiladi. Yiliga ushbu vaksina bilan emlash qamrovi 90 foiz miqdorda amalga oshirilsa, 2050-2060 yillarga kelib bachadon bo‘yni raki kasalligi eliminatsiya qilinadi.

Mohigul Qosimova, O‘zA