Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy chempionat: eng kuchli yosh atletlar Qarshida jam bo‘ldi
11:10 / 2026-03-05

Qarshi shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan chempionatning beshkurash (o‘g‘il bolalar) bahslarida Fahriddin Shokirov 2639 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ushbu yo‘nalishning qizlar o‘rtasida  Durdona Jumanqulova 3007 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

400 va 60 metr masofaga yugurishda Odilbek Hamdamov,  Munisa Axtamqulova Eliyor Bahodirov va Munisa Yusubjonova marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, yadro uloqtirish bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda Muqimxon Boboyev chempionga aylandi.  Uzunlikka sakrashda esa Shamshod Usmonovga teng keladigani topilmadi.

Milliy chempionat 7-mart kuniga qadar davom etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA