-
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Alisher Navoiyning ustozlar haqida keltirib o‘tgan ushbu satrlari zamirida zalvorli ma’nolar bor. Zero, har doim izlanishda bo‘lgan, o‘z ustida ishlab, o‘quvchi va talabalari uchun har kuni alohida tayyorgarlik ko‘rib kelgan, siz-u bizga erinmay bilim o‘rgatgan ustozlarning haqini darhaqiqat, ado etib bo‘lmaydi.
O‘z kasbi fidoiylarining mehnatlari, bizni bilimli va hunarli qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari tufayli bugun birimiz shifokor, birimiz hunarmand, birimiz tikuvchi yana birimiz esa sozanda, xullas shu kabi minglab sohalarda faoliyat yuritib kelmoqdamiz.
Video orqali sizlarga ana shunday zahmatkash ustozlardan biri haqida so‘zlab bermoqchimiz.
<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/WgkRiYlOjOY" title="Milliy chanqovuz xonishi ustoz-shogird ijrosida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA