Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy bayrog‘imiz – g‘urur va iftixorimiz ramzi
15:58 / 2025-11-18

Bayroq – millatning yuzi, yurtning sha’nu sharafini ifoda etuvchi muqaddas timsol. U xalqning azaliy orzu-intilishlari, bugungi qudrati va kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etadi. Shu ma’noda, davlatimiz bayrog‘i har bir hamyurtimiz qalbida g‘urur, hurmat va sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Andijon shahri markazidagi balandligi 64 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i hilpirayotgan maydonda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda keng jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari, harbiylar, ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlangan marosimda so‘z olganlar ozod va obod Vatanimiz uchun mustaqillik ramzlari nechog‘li qadrli ekanini qayd etdi. Bayrog‘imiz yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodda vatanparvarlik, fidoyilik, yurtga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng orkestr jo‘rligida vatan himoyachilari bayrog‘imizni baland ko‘targan holda maydon bo‘ylab tantanali yurishni amalga oshirdi.

[gallery-26303]

Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan viloyatning barcha tuman va shaharlarida mehnat jamoalari, ta’lim muassasalari hamda yoshlar ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (foto), muxbirlari