Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy bank yosh xodimlarining soha bo‘yicha ko‘nikmalari oshirildi
10:38 / 2022-03-29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda bank tizimiga yangi qabul qilingan xodimlarning soha bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “O‘zmilliybank” AJ Xodimlar bilan ishlash departamenti hamda O‘quv banki tashabbusi bilan “Welcome training” tashkil etildi.

Mazkur seminarda Milliy bank tizimida ishga yangi qabul qilingan xodimlarga bankning tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv organlari, asosiy faoliyati va maqsad vazifalari, istiqboldagi strategik rejalari tanishtirildi. Shuningdek, o‘z faoliyatida zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularning ahamiyati to‘g‘risida tushuncha berildi. 

Seminarni barcha tinglovchilar uchun yuqori saviyada tashkil etish maqsadida bankning respublika bosh ofisida faoliyat olib borayotgan tajribali, yetuk mutaxassislaridan iborat trenerlar jamoasi olib bordi.  

[gallery-6338]

Treningda mijozlarga qanday xizmat ko‘rsatish kerakligi, bankda ideal xodim qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi lozimligi, rahbar va xodim o‘rtasidagi munosabat, jamoadagi an’analar haqida fikr almashildi. “O‘zmilliybank” AJda faoliyat yuritadigan yosh xodimlar guruhlarga bo‘linib, o‘rtaga tashlangan mavzular bo‘yicha muhokama olib bordi. 

Trening erkin muloqot, bahs va suhbat ko‘rinishida bo‘lib, xodimlar korporativ madaniyat va boshqaruv uslublari, tezkor boshqaruv san’ati, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida o‘z tasavvurlari bilan bo‘lishibgina qolmasdan, yangi bilimga ham ega bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, seminarda bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi filiallarida mehnat qilayotgan 71 nafar xodim ishtirok etdi.    

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA