Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy bank yangi yil bayrami tadbiri o‘tkazishdan voz kechib, bolajonlarga sovg‘a ulashdi
12:31 / 2020-12-05

Joriy 2020 yil barchamiz uchun oson kechmadi. Koronavirus pandemiyasi dunyodagi iqtisodiy jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga asosan Hukumatimiz tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari, mahalliy byudjetlar va boshqa sohalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko‘rsatish maqsadida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasining tashkil etilishi mana shunday tadbirlardan biri sanaladi. Jamg‘arma davlat va jamoat tashkilotlarining, har bir o‘zbekistonlikning ixtiyoriy va beg‘araz yordam pullari bilan to‘ldirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AJ ham «Saxovat va ko‘mak» tashabbusida faol ishtirok etdi, oldinroq bank xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqining bir qismini — umumiy miqdorda 965,0 million so‘m mablag‘ni Jamg‘arma hisobiga o‘tkazib berishdi.

Ushbu kasallikka qarshi kurashda har bir yurtdoshimizning qo‘shayotgan hissasi bebahodir. Xalqimiz rahm-shavqat, mehr-oqibat, saxiylik va ulug‘vorlik kabi insoniy fazilatlarni ko‘rsatib, umumiy maqsad yo‘lida birlashdi. Pandemiyaga qarshi kurashda har qanday xayrli ish, hoh u o‘z qo‘shnisiga yordam bo‘lsin, yoki butun bir qishloqqa ko‘rsatilgan ko‘mak bo‘lsin, juda muhimdir.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki aksiyadorlik jamiyati davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarda hamisha faol ishtirok etib kelmoqda.

“O‘zmilliybank” AJ Boshqaruvi 2020 yil 5 dekabrda o‘tkazilgan yig‘ilishida bir qator masalalarni muhokama qilib yangi 2021 yilga bag‘ishlangan bayram korporativ tadbirini o‘tkazishdan voz kechib, bu maqsadga rejalashtirilgan mablag‘larni ham xayriya, aniqrog‘i Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi “Do‘stlik” va “Novkent” mahallalarida joylashgan maktab, maktabgacha ta’lim maskanlari, 2 ta sport zali va 2 ta qishloq vrachlik punktini rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash ishlariga yo‘naltirishga qaror qildi. Bank tomonidan ushbu ob’ektlar qurilishiga jami bo‘lib 4,6 mlrd. so‘m mablag‘ beg‘araz yordam sifatida ajratildi.

Ushbu tadbir xayriya faoliyatiga qo‘shilgan birinchi hissa emas. Mamlakatimizda bunyodkorlik, jumladan ta’lim darajasini oshirish yo‘lidagi ishlar hali davom etadi. «Kuch ishonchda» shiori ostida o‘z faoliyatini yuritayotgan bank bundan keyin ham insonlarning turmush sifatini yaxshilash va ularning farovonligini oshirishda o‘zining xayrli ishlari bilan yordam beradi.

Bank matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida