Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy axborot makonini rivojlantirmay turib,so‘z erkinligiga erishib bo‘lmaydi
12:45 / 2024-08-30

«Yangi O‘zbekiston: mustaqil taraqqiyotning axborotlashtirish asoslari» mavzusidagi davra suhbatida quyi palata deputatlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda axborotlashtirishni ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar xususan, sohaning huquqiy asoslari hamda axborot olish va uni erkin tarqatish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.  

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda so‘z, axborot va matbuot erkinligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy islohotlar mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshlangan.  

E’tiborlisi, har bir vazirlik va idoralarda axborot sohasiga mas’ul lavozim joriy etildi. Bu esa o‘z navbatida, axborotlashtirish, axborot olish va uni erkin tarqatish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning bir ko‘rinishidir.  

Deputatlar tomonidan aytib o‘tilganidek, milliy axborot makoni va axborot infratuzilmasini rivojlantirmay turib, so‘z erkinligi va axborot ochiqligini ta’minlashga erishib bo‘lmaydi. Shu maqsadda mustaqillik yillarida yurtimizda OAVlar uchun qulay infratuzilma yaratish borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston bo‘ylab qariyb 252 ming km. uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi, mobil aloqa tayanch stansiyalari soni 66,3 mingtaga yetkazildi. Natijada internetdan foydalanuvchilar soni 34 milliondan oshdi.  

Tadbirda so‘nggi yillarda ushbu sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.  

N.Rahmonova, O‘zA