Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron nusxasini yaratish bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yildi (+video)
19:30 / 2023-02-28

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zarxiv» agentligi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholiga xolis axborotlarni yetkazib berish, jamoatchilik bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda agentlik mutasaddilari 2022 yil davomida «O‘zarxiv» agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berishdi.  

Tadbirda ta’kidlanishicha, milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron nusxasini yaratish ishlari bo‘yicha 189 810 saqlov birligidagi qog‘oz asosidagi 15 999 368 ta kadr, 348 ta saqlov birligidagi kino, 22 628 ta hisob birligidagi surat va 456 ta saqlov birligidagi ovozli hujjatlarning elektron nusxalari yaratilgan. O‘zbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) bo‘lgan arxiv hujjatlaridan 10 ta fonddan jami 56 ta yig‘majild o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.  

Shuningdek, «O‘zarxiv» agentligi delegatsiyaning Isroil davlatiga xizmat safari doirasida Al-Aqso masjidi kutubxonasi saqlovidagi Imom Al-Buxoriy va Iso At-Termiziyga tegishli jami 53 ta noyob qo‘lyozma elektron nusxalari O‘zbekiston Milliy arxivi davlat saqloviga topshirilgan.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IyjDZf7rmw4" title="Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron nusxasini yaratish bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, agentlik tizimida axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha «Arxiv ishi» yagona axborot tizimi (my.archive.uz) va «Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarning yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish» axborot tizimlari (e.archive.uz) ishga tushirilgan.  

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.   

O‘tkir Alimov, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA