Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy armiya – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqoni
08:30 / 2022-12-27

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida davlatimiz rahbarining shu yil 14 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosi doirasida, shuningdek, Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda Mudofaa vazirining matbuot kotibi, polkovnik Otabek Yo‘ldoshev, vazirlik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mehriddin Qo‘chqorov erishilgan yutuqlar va yangi rejalar, «Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!» shiori ostida tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot va sport tadbirlar haqida ma’lumot berdi.  

Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi Xolmurod Salimov kengash tomonidan yakuniga yetayotgan yilda bajarilgan ishlar, ayni kunda kengash va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtdoshlarimizda milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini kamol toptirish, harbiy oilalarni qo‘llab-quvvatlash, Qurolli Kuchlarimiz nufuzini yanada oshirish yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.  

Erkin muloqot tarzida o‘tgan anjumanda jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar atroflicha javob qaytardi.  

O‘zA