Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy armiya — Vatan tinchligining ishonchli qalqoni (+video)
15:24 / 2025-12-20

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlod qalbida Milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini mustahkamlash, ularni Vatanga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda poytaxtimizda joylashgan Milliy gvardiya harbiy qismlaridan birida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbir “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida o‘tkazildi.

Uchrashuvda gvardiyachilar, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi  161-conli “Jasorat maktabi” va Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchi-yoshlari faxriylar bilan suhbat qurishdi.  

Faxriylar yoshlarga so‘nggi yillarda milliy armiyamizda, hususan Milliy gvardiya bo‘linmalarida olib borilgan islohotlar va harbiy ta’lim muassasalari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yosh askarlar ham maktab bitiruvchilariga Vatanga xizmat qilishning sharafli tomonlari xususida gapirib berdi.

Uchrashuv interaktiv ruhda, savol javoblarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga tashkilotchilar tomonidan “O‘zbekiston tarixi” va “Temur tuzuklari” kitoblari taqdim etildi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan mehmonlar uchun tayyorlangan musiqiy chiqishlar ham havola etildi.  

Tadbirning ikkinchi qismida faxriylar va o‘quvchilar muddatli harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qildi. Shundan so‘ng qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar qurollarni yig‘ish va sochish mashqlarini bajarib ko‘rishdi. Shuningdek, psixologik trening va shaxmat-shashka bellashuvlarida ham ishtirok etib, harbiy qismda bir kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishdi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4ZBnyloEFEw?si=RA0shoj5RwP8tT0w" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova,  

U.To‘xtayev (montaj),

O‘zA