Sirdaryo tumanidagi safarbarlik harbiy rezervida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Sirdaryo tumani hokimligi, harbiy qismlar va yosh harbiy xizmatchilar faol ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar milliy armiyani zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy tayyorgarligini yuksaltirish, shuningdek, armiyada amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati haqida so‘zlab, har bir xizmatchining

Vatan tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdagi muhim vazifasiga alohida e’tibor qaratishdi. Ularning ta’kidlashicha, har bir yosh harbiy xizmatchi — yurtimizning tinchligi va barqarorligini ta’minlashda mas’uldir.

Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Bayram tadbirida ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri