French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy armiya – tinchligimiz kafolati
14:10 / 2026-01-08

Yurtimizda yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalash davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, milliy armiyaga hurmat va ishonch tuyg‘ularini shakllantirish, yoshlarni Vatan taqdiriga daxldorlik ruhida kamol toptirishga qaratilgan tadbirlar bu yo‘lda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Jizzax garnizonidagi “n” harbiy qism, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Jizzax harbiy prokuraturasi hamkorligida “Asia School” xususiy maktabida “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda vatanparvarlik festivali tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy armiyamizga nisbatan hurmat va ishonchni yanada mustahkamlash, shuningdek, rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq hamda samimiy muloqot muhitini yaratishdan iborat. Chunki bugungi tinch va osuda hayotimiz, mamlakatimiz barqarorligi va xalqimiz farovonligi avvalo milliy armiyamiz salohiyati, harbiy xizmatchilarning jasorati va fidoyiligi bilan uzviy bog‘liq.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida harbiy qism va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, harbiy soha vakillari yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularda yurt taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Vatanparvarlik festivali doirasida harbiy orkestr jamoasining ona Vatanni ulug‘lovchi, tinchlik va fidoyilik ruhini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlari, faxriy qorovul hamda harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi chiqishlari yoshlar ongida harbiy xizmatning sharafli ekani, Vatan himoyasi muqaddas burch ekani haqida yanada mustahkam tushuncha hosil qildi.

[gallery-27024]

Tadbir yakunida maktabning bilimli va faol yoshlariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.  

Ushbu tadbirlarda 230 ortiq  yoshlar ishtirok etishdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari