FOTREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Navoiy shahrida harbiy vatanparvarlik yoshlar festivali tashkil etildi.
Har bir inson uchun Vatan yagona. Uning katta-kichik yoki boy va nochori bo‘lmaydi. Uni himoya qilishga chorlanish va chog‘lanish har bir vatandoshimizning ko‘ksini g‘ururga to‘ldiradigan jarayondir. Zero, kindik qoni to‘kilgan Vatanni, shu mustaqil yurtni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash inson uchun go‘yo o‘z oilasini, sha’nini, or-nomusini, imon-e’tiqodini himoya qilish bilan barobar.
[gallery-27089]
Ushbu milliy bayram xalqimiz tarixini, Vatan himoyachilarining barcha avlodlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ramziy ma’noda ifodalaydi. Bu Vatanning sodiq o‘g‘il-qizlariga, o‘z ona yurti, xalqi uchun dushmanga qarshi kurashgan, har qanday sinovlarga sharaf bilan bardosh bergan ajdodlarimizga chuqur minnatdorchiligimiz ramzi hamdir.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA