Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat universitetida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, “LUOK” markazi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida vatanparvarlik festivali tashkil etildi.
Tadbirda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, maxsus qutqaruv texnikalari, shuningdek, mudofaa harbiy orkestri ishtirokida yoshlar uchun ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
[gallery-27005]
Festival yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ona yurtga sadoqat va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA