Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kursantlarda vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan ijodiy uchrashuv davomida milliy armiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, tinchlikni asrash xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbir doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda adabiyotning o‘rni, ijodkor mas’uliyati va milliy qadriyatlarni asrash masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Muloqot jarayonida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.


Shu bilan birga, FVV akademiyasi Orkestr jamoasi va harbiy xizmatchilari tomonidan “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida konsert dasturi namoyish etildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA