FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostidagi vatanparvarlik festivallari start oldi. “Vatanparvarlik” oyligi doirasida keng miqyosda turli tadbirlar, uchrashuvlar, harbiy paradlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
“Xalq va armiya-bir tanu bir jon!” tamoyili asosida Surxondaryo viloyati Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab vatanparvarlik marshi sadosi ostida ofitser va askarlarning jangovar safda yurishi bo‘lib o‘tdi. Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotiga qarashli harbiy va sport avtomobillari, viloyatdagi harbiy qismlar askar va zobitlari, harbiy texnikalar, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari askar va zobitlarining yurishi jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Bayram tantanalari viloyat hokimligi yonidagi «Etno shaharcha» turizm majmuasida davom etdi. Yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokidagi harbiy vatanparvarlik festivalida mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash maqsadida milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Bayram tadbirida yoshlarning faol ishtirok etgani ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolatdir.
[gallery-26727]
Viloyat san’atkorlari tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi barchaga birdek ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/JsfuzsxcMhU?si=z7XjwGjEGyVSky2m" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA